4 Noyabr 2022 yil 510

“Jaloliddin Manguberdining Xorazm taxtiga kelishi”

IIV Qashqadaryo akademik litseyida “O‘zbekiston tarixi” fani oyligi doirasida “Jaloliddin Manguberdining Xorazm taxtiga kelishi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot avvalida o‘quvchilarga ijobiy motivatsiya berish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 29 avgust kuni Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdining 25 metrlik haykalining tantanali ochilish marosimida so‘zlagan ma’ruzasi eshittirildi.

So‘ngra, Jaloliddin Manguberdi haqida tarixchi Shahobiddin ibn Ahmad an-Nasaviyning ma’lumotlari ham o‘qib berildi.

Mashg‘ulotda akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi A.Raximov tomonidan “Aktivator” va “Alifbo” kabi interfaol  metodlarida samarali foydalangan holda, o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, ularni mavzuga oid “Jaloliddin Manguberdi va uning Xorazm taxtiga kelishi”, “Valiyon qal’asi va Parvon dashtidagi tarixiy janglar” va “Sind (Hind) daryosi bo‘yidagi tarixiy jang” mazmunidagi strategiyalarini himoya qilishga hamda darsning maqsadidan kelib chiqib, o‘quvchilar kreativ fikrlashga yo‘naltirdi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘z yurtiga va burchiga sadoqat bilan xizmat qiluvchi, yuksak ma’naviyatli qilib kamol toptirishga qaratilgan ochiq darsda so‘nggida o‘quvchilar dars davomida olgan  bilimlarini og‘zaki tarzda ta’sirli bayon qilib, Jaloliddin Manguberdini vatanparvarlik timsoli sifatida o‘z tasavvurlarida gavdalantirdi.

Text to speech