10 Aprel 2021 yil 924

Jahon tamaddunida sohibqiron renessansi

Qashqadaryo viloyati IIBda “Jahon tamaddunida sohibqiron renessansi” mavzusida boʼlib oʼtgan maʼrifat darsi oldingilaridan oʼzgacha ruhda kechdi.
Prezidentimiz raisligida joriy yil 19 yanvarь kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʼyicha oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida maʼnaviyat masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari oʼz nutqida: «Biz yangi Oʼzbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat», deya taʼkidlagani bejiz emas. Zero, diyorimiz milliy qadriyatlari, madaniyati rivojlangan, yuksak maʼnaviyatga ega tamaddun oʼchogʼidir. Tarixdan maʼlumki, yurtimizda maʼnaviyat mashʼalini baland koʼtargan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Oʼzining boy maʼnaviy merosi bilan dunyoga ziyo taratgan mutafakkirlar merosi xalqimiz maʼnaviyatining yuksalishiga zamin yaratgani maʼruzachilar tomonidan alohida taʼkidlandi. .
Qiziqarli va taassurotlarga boy yigʼilish yakunida ichki ishlar organlari xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Text to speech