28 May 2024 yil 423

QIZLARNING SALOHIYATI OSHIRILDI

IIV Qashqadaryo akademik litseyida o‘quvchi qizlarning ilm va salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB mas’ul xodimi, boshqarma DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi shifokori va litsey psixologi “Kelajakdagi orzular”, “Tibbiy salomatlik asoslari” va “Zo‘riqish va uning turlari hamda bartaraf qilishning psixologik asoslari” mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tishdi.
Tadbirda so‘z olgan boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Z.Kenjayeva qizlarning orzulari, qiziqishlari, ichki ishlar sohasining qaysi yo‘nalishiga bo‘yicha faoliyatini davom ettirishi xususida suhbatlashib, bu borada chuqur bilim egallash hamda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan xususiyatlar haqida ishtirokichlarning tushunchasini boyitdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi shifokori Rano Ashurova ishtirokchilarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, salomatlik saboqlari bo‘yicha ma’ruza qilib, o‘quvchi qizlarning savollariga javoblar berdi.
Keng ko‘lamli tadbirda litsey psixologi N.Sayfiyeva stress, uning turlari, kelib chiqish sabablari, inson organizmiga salbiy va ijobiy holatlari to‘g‘risida tushuncha berdi.
So‘ngra, qizlarni emmotsional holatini yaxshilash maqsadida psixologik treninglar tashkil etdi.
Yakunda ishtirokchilarlarga mavzu yuzasidan ma’ruza, slayd va video roliklar namoyish etildi.

Text to speech