“Qizlarga ta’lim berish – millat kelajagi poydevori”
Qarshi shahar
M va MTBga qarashli
50-maktabda “Qizlarga ta’lim
berish – millat kelajagi poydevori”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Qarshi shahar IIO FMB Xotin
qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, boshqarma JXX HPB VE va YOBIG VEMB inspektor psixologi, maktab
o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan inspektor psixolog,
leytenant Dilnoza Quvatova va XQMB katta
inspektori, leytenant Nargiza Maqsadova
yurtimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim
olishi va bandligini ta’minlash bo‘yicha bir qator ibratli ishlar amalga oshirilayotganini
ta’kidlashdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun
juda ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilgani, o‘z navbatida bu ularni o‘z bilim
va malakalarini oshirishi, yangi marralarni zabt etishga hamda pirovardida
yurtimiz ravnaqiga ko‘proq hissa qo‘shishga undamoqda.
Zero, ta’kidlash joizki xotin-qizlarga ta’lim berish millat ravnaqiga munosib hissa
bo‘lib qo‘shilishining poydevoridir.