Qizil toifadagi mahallada profilaktik tadbir
Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi professor o‘qituvchilari tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi qizil
toifaga kiritilgan mahallalarda kriminogen vaziyatni o‘rganish va jilovlash
yuzasidan ishlar olib bormoqda.
Qarshi shahridagi qizil toifaga kiritilgan “Qarliqxona”
mahalla fuqarolar yig‘inida “Ijtimoiy profilaktika” tizimini natijadorligi va
manzilliligini keskin oshirish hamda aholining ijtimoiy, maishiy muommolarini
bartaraf etish hamda qizil toifaga kiritilgan mahallalarda kriminogen vaziyatni
yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanmoqda. Mahallada sodir etilayotgan
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar, yoshlar, ishsizlar
va ayollar jinoyatchiligini asl omillarini aniqlash va barvaqt oldini olish
borasida manzilli tadbirlar belgilanib, mahalla yettiligi faollariga kerakli
tavsiyalar berildi.