18 Aprel 2024 yil
299
Ijtimoiy himoya va ko‘mak berildi
Mirishkor tuman “Ayzabod” MFY da yashovchi Shoabbos Usmonov va “Baluj” MFY da yashovchi Diyorbek Xaydarov yaqinda jazoni ijro etish tizimidan ozodlikka chiqqandi.
Tuman IIB JXX Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan u bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida fuqarolik pasportni muddati o‘tgani aniqlanib, amaliy yordam berildi.
Bundan tashqari, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tuman hokimligi huzuridagi ”Ko‘nikma” markazidan bir martalik pul mablag‘i olib berildi.
Hozirda u Mirishkor tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markaziga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.