28 Dekabr 2023 yil 479

Shijoatli yosh xodim rag‘batlantirildi

Qashqadaryo viloyati IIBda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish bilan birga sport bilan muntazam shug‘ullanib, yoshlarni ham bu boradagi ishlarga faol jalb etib kelayotgan yoshlarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Rivojlanish va tadqiqotlar akademiyasining Qashqadaryo viloyati vakili S.Eshquvvatova va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar davlatimiz rahbarining 2022 yil 28 yanvar kunidagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, mamlakat istiqboli uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirishni ta’minlash, ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Rivojlanish va tadqiqotlar akademiyasining Qashqadaryo viloyati vakili S.Eshquvvatova tomnidan viloyat IIB rahbariyatiga “Tashakkurnoma”, har tomonlama faol yosh ichki ishlar organi xodimi, mayor Doston Bo‘riev “Rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi.

Text to speech