15 Oktyabr 2021 yil 347

Isteʼmolga yaroqsiz goʼsht ushlab qolindi


2021 yil 15 oktyabr kuni soat 01.30da Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin boʼlinmasi va YHXB xodimlari hamkorlikda Chiroqchi tumanidagi “Oʼmakay” muntazam YPX maskanida oʼtkazgan tadbirda yaroqsiz goʼsht mahsulotini olib ketayotgan haydovchini toʼxtatib qolishdi.
Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi A.O. boshqaruvidagi “Kobalьt” rusumli avtomashinasi toʼxtatib tekshirib koʼrilganida, yukxonada hech qanday veterinariya maʼlumotnomalarisiz goʼsht mahsuloti borligi maʼlum boʼldi. Kelib chiqishi nomaʼlum boʼlgan, goʼsht mahsulotining ogʼirligi 150 kilogramm chiqdi.
Olib ketilayotgan goʼsht mahsuloti Chiroqchi tumani oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tekshirib koʼrilganda isteʼmolga yaroqsizligi aniqlandi va tegishli tartibda yoʼq qilindi.

Text to speech