1 Aprel 2024 yil 246

Iste’molga yaroqsiz go‘shtlar to‘xtatib qolindi

2024-yil 30-mart kuni soat 00:50 lar chamasida Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi “Umakay” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari tomonidan “Termiz-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro R.A. boshqaruvida bo‘lgan “Kobolt” rusumli transport vositasi to‘xtatib, uning yukxonasi ko‘zdan kechirilganda iste’molga yaroqsiz bo‘lgan noma’lum hayvon go‘shtini olib ketayotganligi aniqlandi.Noma’lum hayvon go‘shti tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech