29 Mart 2022 yil 448

Isteʼmolga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari to'xtatib qolindi

2022 yil 28 martdan 29 martga o’tar kechki soat 01:35 da Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xodimlari va  viloyat IIB JTSB Karantin tadbirlarni ta’minlash bo‘linmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan, "Umakay" muntazam YPX maskanida Surxondaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to’xtatib tekshirilgandaavtomashina yukxonasida veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda hech qanday xujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan 250 kg og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech