10 Avgust 2021 yil 407

Isteʼdodlilar saralandi

Keyingi yillarda ichki ishlar organlarida oʼtkazilayotgan tadbirlarda xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilimi va dunyoqarashini yanada mustahkamlash, tarixiy va moziyga daxldor obidalar va allomalar asarlarini chuqur oʼrganishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, milliy kino va musiqachilik, qoʼshiqchilik sohasi ham bundan mustasno emas. IIO xodimlari orasida ham baxshichilik, qoʼshiq, maqom kabi milliy sanʼat va estrada yoʼnalishlari, shuningdek, milliy va klassik cholgʼu asboblariga oshufta xodimlar talaygina.
Yaqinda Qashqadaryo viloyati IIBda tizimning sohalarida xizmat qilayotgan shahodatlangan va erkin yollangan xizmatchilar orasidan IIVning 2021 yil 15 iyuldagi farmoyishiga asosan “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Sanʼatda havaskor isteʼdodlar” tanlovining viloyat bosqichi boʼlib oʼtdi. Unda tizimning turli sohalarida xizmat qilayotgan oʼndan ortiq sanʼatga havasmand xodimlar ishtirok etdi.
Saralash bahslarida tanlov hayʼatining qaroriga koʼra qoʼshiqchilik va musiqa asboblari cholgʼuchisi yoʼnalishida gʼoliblar aniqlanib, boshqarma rahabariyatining diplomi va qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandi.
Endi ular koʼrik-tanlovning respublika bochqichida ishtirok etishadi.

Text to speech