“Issiq izlar”da fosh etilgan oʼgʼrilik
2022 yil 16 yanvarь kuni soat 16:00larda Chiroqchi tumani “Gʼallakor” MFYda yashovchi B. E. qoʼshni “Uymovut” MFY Qulburun qishlogʼidan oʼtgan daryo boʼyida boʼlayotgan koʼpkariga borib, oʼziga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasi yopib uloq oʼyinini tomosha qiladi. Koʼpkari tugagach kelib qarasa avtomashinasining old oʼng eshigini nomaʼlum shaxslar buzib ochib, salonda boʼlgan 600.000 soʼm pullarini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.
Shuningdek, Chiroqchi tumani “Chuvulloq” MFYda yashovchi E.T.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinaning ham oʼng old tomon eshigi qulfi nomaʼlum shaxslar tomonidan buzilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan voqea joyidan olingan daliliy-ashyolar ustida tadqiqot oʼtkazgan viloyat IIB EKB ekspertlari shaxsning biometrik indifikatsiya tizimi boʼyicha tekshirib koʼrib, voqea joyidan olingan barmoq izlari Аndijon viloyati Xoʼjaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFYda yashovchi muqaddam sudlangan B. А. va Аndijon shahar “Boʼston” MFYda yashovchi А.А. Y.O.lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan 4.900.000 soʼm pullar solingan bir dona sumka tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Hola yuzasidan Chiroqchi tumani IIB 2-sonli IIB TG tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.