20 Oktyabr 2022 yil 311

Hisobot yig‘ilishi

 

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari xodimlarining 2022 yil to‘qqiz oyi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tergovchilar bilan dastlab saf ko‘rigi o‘tkazilib, tergov tizimi xodimlarining xizmat tayyorgarligi, formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibiga rioya qilayotganligi, “Tergov sumkasi”dan foydalanish ahvoli, ularda zaruriy buyumlarning mavjudligi tekshirildi.Shundan so‘ng, viloyat IIB Majlislar zalida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov rahbarligida viloyatdagi barcha tergov rahbarlari, tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar sarhisob qilindi.Yig‘ilishda joriy yilning to‘qqiz oyi davomida sustkashlikka  yo‘l qo‘ygan Qarshi shahar, Qamashi, Muborak tumanlari tergov xizmati rahbarlarining xizmat faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, yil yakuniga qadar ijobiy o‘zgarish qilish haqida ogohlantirildi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilishda boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 6 nafar tergovchi va surishtiruvchilar Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan pul mukofotlari bilan taqdirlangan bo‘lsa, 3 nafar xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Text to speech