Ishonchni qozonish yoʼlidan ogoh boʼling!
Аvtomashinasini sotmoqchi boʼlib, fuqarolarga berib yuborish, natijada zaruriy sarmoyani qoʼlga kiritgach, aldab qaytarib olish holatlari keyingi paytlarda tez-tez uchramoqda. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida, keng jamoatchilik bilan boʼlib oʼtayotgan uchrashuvlarda bot-bot gapirilib, odamlarga eslatmalar tarqatilmoqda. Аmmo oyma-oy toʼlash sharti bilan sotiladigan avtomashina yoki arzon mol daragini eshitgan fuqarolar darhol voqea ishtirokchisiga aylanmoqda. Jumladan, Qarshi shahar “Gungon” MFYda yashovchi X.B. 2020 yil iyulь oyi oʼrtalarida tanishi, Yakkabogʼ tuman “Madrasaguzar” MFYda yashovchi M.L.ga “Neksiya-2” rusumli avtomashinasini 84.000.000 soʼmga sotishga kelishib, har oy undan 3.500.000 soʼmdan 10 oyda jami 35.000.000 soʼm pul olgan.
Oʼtgan davrda M.L.dan olgan 35 000 000 soʼmga qoʼshimcha avtomashina taʼmiri uchun ishlatilgan 20.000.000 soʼm, jami 55 000 000 soʼm pulini qaytarib bermasdan avtomashinani boshqa bir tanishiga berib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.