Ishonchli ijtimoiy himoya-barqarorlik tayanchi!
Joriy yil 17 iyunь kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman IIB boshligʼi oʼrinbosari O.Safarov, xotin-qizlar masalalari boʼyicha katta inspektori M.Mirzaeva tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslaxatchisi L.Qoʼylieva va Oʼzbekiston XDP Kasbi tuman kengashi bilan bilan xamkorlikda tumandagi “Maymanoq”, “Soxibkor”, “Istiqlol” va “Qatagʼon” mahalla fuqarolar yigʼinlari fuqarolari bilan partiyaning “Yangi Oʼzbekiston-yangi tashabbuslar” loyixasi doirasida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirdan koʼzlangan maqsad aholini ijtimoiy muammolarini oʼrganish, xotin-qizlarni huquqiy savodxonligini oshirish, “Temir daftar”, “Аyollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan fuqarolarni oilaviy sharoitlari, uy-joyini taʼmirlash, salomatligini mustahkamlash uchun moddiy yordam koʼrsatish orqali hududda oilalar tinchligini mustahkamlash, ajrimlarni oldini olish, yoshlar oʼrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish, bandligini taʼminlashdan iborat.