24 Mart 2021 yil 561

Ishga kiritishga vaʼda bergan firibgar qoʼlga olindi

Kitob tuman IIBga 2021 yil 05 mart kuni Kitob tumani Qoʼshchinor qishlogʼida yashovchi Z.S oʼzganing mulkini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida, 2020 yil 07 iyulь kuni Kitob tumani Beshterak qishlogʼida yashovchi S.G.ga “sizni Milliy gvardiya xizmatiga ishga joylashtirib qoʼyaman”-deb, undan 500 АQSh dollarini hamda 2020 yil oktyabrь oyi boshlarida, Kitob tumani Panji qishlogʼida yashovchi U.M.ga “sizni Inter Injenering qoʼshma korxonasiga ishga joylashtirib qoʼyaman”- deb, 1000 АQSh dollari va 100.000 soʼm miqdoridagi pullarini olib, ularni aldab, ishonchiga kirib, qoʼlga kiritgan pullarini oʼzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan S.Z.ga nisbatan Oʼz.R JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech