28 Iyun 2022 yil 308

Ishchi guruhning chiroqchi tumanidagi sayyor qabuli

Prezidentning Davlat maslahatchisi boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi sayyor qabuli bugun Chiroqchi tumani “Bog‘ishamol” bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi guruh viloyatning Ko‘kdala, Yakkabog‘ va Chiroqchi tumanlari fuqarolarining murojaatlari  tinglandi. 

Sayyor qabulda fuqarolarning haq-huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid 46 ta murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarning 7 tasi ijobiy, 1  nafar fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi. 38 ta murojaatlar o‘rganish uchun vaqt talab etgani uchun nazoratga olindi.

Sayyor qabulga kelgan fuqarolar orasida Chiroqchi tuman IIB Probatsiya nazoratida turgan 4 nafar shaxslarning murojaati bo‘yicha jazosini muddatidan oldin olish bo‘yicha sudga taqdimnoma kiritildi.

Sektorlar kesimida va huquqiy yo‘nalishda ko‘rsatilgan yordam uchun sayyor qabulga kelgan fuqarolar muhtaram Prezidentimizga, Ishchi guruh rahbariyatiga va ichki ishlar organlari xodimlariga minnatdorchilik bildirishdi.

Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Text to speech