24 May 2022 yil 280

Ishchi guruh oʼrganish ishlarini davom ettirmoqda

Ichki ishlar vazirligi Xotin-qizlar ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida vazirlik Qashqadaryo akademik litseyida boʼlishdi. Ishchi guruh litseyda oʼquvchilar tahsil oladigan sinfxonalar va yotoqxona, oshxona va boshqa maishiy shart-sharoitlar taʼlim dargohida oʼquvchi qizlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bugungi kunda litseyda oʼquvchilarga yanada qulay shart-sharoit yaratish, taʼlim berishning yangi innovatsion bosqichlaridan samarali foydalanish borasida litsey rahbariyatiga yoʼriqnoma berdi.
Bundan tashqari, IIV malaka oshirish instituti Qashqadaryo filialida boʼlgan ishchi guruh soha xodimlarining malakasini oshirish, ayniqsa, xotin-qizlarning sohaga oid bilim va malakasini boyitish borasidagi audiotoriyalarda yaratilgan shart-sharoit va koʼrgazmali qurollarni koʼzdan kechirishdi.
Viloyat IIB tasarrufidagi “Yulduzcha” MTTda boʼlgan ishchi guruh kelajagimiz vorislari boʼlgan bolajonlarni tarbiyalash borasida maskanda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Аsosan, ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari tarbiyalanayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotida kelgusida amalga oshirish uchun tegishli tavsiyalar berib, yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida tegishli taklif va tavsiyalarini berdi.

Text to speech