ISHCHI GURUH HISOBOT BERDI
Qarshi shahrida “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishda oʼtgan yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yilda rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokamasi” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, fuqarolik jamiyati instituti va “Istiqbolli avlod” NNT hamda Yuksalish axborot maslahat resurs markazi xodimlari ishtirok etdi.
Yigʼilishda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha viloyat hududiy komisiyasining masʼul kotibining viloyatda odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish boʼyicha 2021 yilda amalga oshirilgan qabul qilingan milliy huquqiy normativ hujjatlar va ularning ijrosi yuzasidan hisoboti eshitildi.
Shu bilan birga odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish, adashganlarni himoya qilish va ularga yordam berish va ushbu holat yuzasidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirish orqali bu turdagi jinoyatlarni kamaytirish masalalari boʼyicha ishtirokchilarning fikr-mulohazalar oʼrtaga tashlandi.