26 Iyun 2022 yil 311

ISHCHI GURUH GʼUZOR TUMАNIDА

Prezidentning Davlat maslahatchisi boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul oʼtkazmoqda. Jumladan, navbatdagi sayyor qabul bugun Gʼuzor tumani Istiqlol nomli istirohat bogʼida boʼlib oʼtdi. Sayyor qabulda ishchi guruh viloyatning Gʼuzor, Dehqonobod va Nishon tumanlari fuqarolarining murojaatlarini qabul qildi.
Shaffof, oshkora va ochiq tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid 20 ta murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning 5 tasi ijobiy, 2 nafar fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi. 13 ta murojaatlar oʼrganish uchun vaqt talab etilgani uchun nazoratga olindi.
Sayyor qabulga kelgan fuqarolar orasida sektorlar kesimida va huquqiy yoʼnalishda koʼrsatilgan yordam uchun muhtaram Prezidentimizga, Ishchi guruh rahbariyatiga va ichki ishlar organlari xodimlariga minnatdorchilik bildirganlar ham bor.

Text to speech