25 Iyun 2022 yil 299

ISHCHI GURUH FUQАROLАRNING MАISHIY VА KUNDАLIK MUАMMOLАRINI YECHMOQDА

 

Joriy yilning 25 iyunь kuni Prezidentning davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi Navoiy nomli istirohat bogʼida ommaviy sayyor qabul oʼtkazdi. Sayyor qabulda Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzaraximov, viloyat 4 ta sektor rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar xodimlari va mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh viloyatning Qarshi shahri, Koson va Qarshi va boshqa tumanlar fuqarolarining murojaatlarini ham tinglandi.

Sayyor qabulda ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan tergov va surishtiruv harakatlari, ichki ishlar organlariga ishga tiklash, ishga kirish va soha xodimlarining xizmatidan minnatdorlik bilan bogʼliq 38 ta murojaatlar tinglandi. Sayyor qabulda tushgan murojaatlarning 5 tasi joyida hal etildi. 1 nafar fuqarolarga muammosi boʼyicha boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. 32 nafar fuqarolarning murojaatlarini oʼrganish uchun vaqt talab etgani bois tegishli mutasaddi idoralarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.

Inson qadri ustuvor darajaga koʼtarilgan yurtimizda fuqarolarning muammolariga yechim topish, ularni qiynayotgan kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan rozi qilish bugungi kun talabi. Ushbu jarayonda fuqarolarning haq-huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash ham diqqat-eʼtiborda. Аyniqsa, fuqarolarning ish bilan taʼminlash, kundalik maishiy masalalar boʼyicha murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni oʼrganish va ularni hal qilish maqsadida Sayyor qabul shaffof, oshkora va ochiq, odilona oʼtkazilgani uchun murojaatchilar muhtaram Prezidentimizga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligini bayon etishdi.

Koʼlami keng sayyor qabul yakunida fuqarolardan tushgan murojaatlar jamlanib, tahlil etildi va sektorlar rahbarlariga roʼyxatga olingan muammolarni bartaraf etish majburiyat yuklandi.

Text to speech