4 Fevral 2023 yil 310

Ishchi guruh a’zolari Prezident qarori mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazdi

Bugun Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari, boshqarma tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirokida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.  Unda IIV ishchi guruhi a’zosi vazirlik Malaka oshirish instituti boshlig‘i yordamchisi podpolkovnik Ilxom Axmedov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazdi.   

Qarorda ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish, xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas’uliyat bilan yondoshish, jamiyatda umume’tirof etilgan odob-axloq normalariga so‘zsiz amal qilish tuyg‘usini shakllantirish ustuvor vazifa etib belgilangani ta’kidlandi.

Asosiy maqsadlarga yo‘naltirilgan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangani har bir xodimi Kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi majburiyligi aytib o‘tildi.

Shuningdek qarorda xodimlarning kasbiy, jangovar, jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida sport seksiyalari tashkil etish, shaxsiyts tarkibni ijtimoiy himoyalash, moddiy va tibbiy yordam va boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi imtiyozlari, inson omilini istisno etish hamda korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, shaxsiy tarkib va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlarga nisbatan tayinlanadigan dastlabki sinov muddati, vazirlik oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul kvotasi, ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilishning sifat jihatidan yangi, soddalashtirilgan elektron axborot tizimini yaratish, vazirlik Malaka oshirish institutida davomiyligi 144 soatdan kam bo‘lmagan dastur asosida xodimlar har uch yilda bir marta o‘qitilishi, jamoatchilik nazorati yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Text to speech