18 Mart 2022 yil 1195

“Irodasizlik, aslida masʼuliyatsizlikdir!”


Inson hayotda yashar ekan, avvalo, oʼzining oldiga maqsad qoʼyadi, kelajagini oʼylab mehnat qiladi. Har-bir oʼtayotgan vaqtidan unumli foydalanishga va, albatta, ushbu maqsad yoʼlida bo imkoniyatini ishga soladi.

Bugungi jadal suratlarda rivojlanayotgan jamiyatimizda, har-bir fuqaro “bugun men oilam uchun nima foydali ish qildim? Jamiyat uchun-chi? Ertangi kunda farzandalarim kelajagi uchun nima qila olaman? - degan savollarni har kuni oʼziga berishi lozim. Oilani boqishdan, maʼlum bir majburiyatni zimmasiga olishdan qochib, biror-bir kasb yoki hunarni egallamasdan, spirtli ichimlikka roʼju qoʼyish, hayotda boqimandalik oqibatida oilasidan, mahallasidan bosh olib chiqib ketishlik masʼuliyatsilik va irodasizlikdir.
Yakkabogʼ tumani IIB rahbariyati va HPB xodimlari tomonidan tumanda “Xavfsiz hudud” tadbiri davomida keng koʼlamli targʼibot va tashviqot ishlari olib borilib, sodir etilishi mumkin boʼlgan bir-nechta turdagi huquqbuzarliklarning oldini olishlikka erishildi. Jumladan, tumanning “Istiqlol” mahallasi hududida faoliyat olib borayotgan profilaktika katta inspektori mayor J.Yarmatov tomonidan mahalla mutasaddlari va “Qalqon” guruhi aʼzolari bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik ishlar natijasida, shaxsi nomaьlum, ism-familiyasini toʼliq ayta olmagan va oʼzini I.R. deb tanishtirgan, yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari boʼlmagan shaxsning maqsadsiz, yurganligi aniqlandi. Shaxsi nomaʼlum fuqaroga nisbatan toʼplangan hujjatlar Yakkabogʼ tuman sudiga yuborilib, sudning Qaroriga asosan Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB Reabilitatsiya markaziga joylashtirildi.
Xuddi shunday olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida tumanning “Chinobod” mahallasida profilaktika inspektori leytenant B.Moʼminov tomonidan shaxsi nomaʼlum, oʼzini А.B. hamda “Farovonlik” mahallasi profilaktika inspektori leytenant J.Usmonovlarning keng koʼlamli olib borilgan profilaktik ishlari natijasida, shaxsi nomaʼlum Sh. darbadarlikda daydib yurganligi aniqlanib ular sudning muayyan yashash joyiga ega boʼlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʼgʼrisidagi qaroriga koʼra ushbu fuqarolar ham Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Reabilitatsiya markaziga joylashtirildi.
Kelgusida ushbu fuqarolarning huquqbuzarlik sodir etishi yoki biror-bir jinoyat ishtirokchisi boʼlib qolishining oldi olinib, hudud xavfsizligi va osudaligi, ushbu mahallalarda yashovchi fuqarolarning tinchligi taʼminlandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech