22 Aprel 2024 yil 1529

Yashirin sex faoliyati fosh etildi

Joriy yilning 21 aprel kuni Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Shahrisabz tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy alkagol mahsulolarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahrisabz tumanining “Istiqbol” mahallasidagi xonadonlardan birida Shahrisabz shahrida yashovchi fuqarolar Q.SH, R.J, J.S, J.I,  S.I va R. Jlar noqonuniy ravishda qo‘lbola aroq ishlab chiqarish maqsadida yashirin sex tashkil qilgani o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etildi.

Yashirin sexdan 34 dona 20 litr sig‘imdagi idishga solingan jami 680 litr spirt, turli hajm va nomdagi aroq mahsuloti, aksiz markalar, “Q-kod” yorliqlari, shisha qopqoqlari,  tarozi, shisha qopqog‘ini maxkamlash uchun mo‘ljallangan stanok, blok yasash uchun stanok, sana qo‘yish uchun muxr, gaz balon - jami 535.428.000 so‘mlik mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan  tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Text to speech