22 Iyun 2022 yil 372

“Intizom oyligi” doirasida

    Dehqonobod tuman IIBda Ichki ishlar vazirining 2022 yil 7 iyundagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga ko‘ra, shaxsiy tarkib bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, korrupsiya, poraxo‘rlik va tamagirlik holatlariga murosasiz bo‘lish, faoliyatda fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish xususida so‘z bordi.
   Oylik doirasida shaxsiy tarkib bilan saf ko‘rigi o‘tkazilib, safar xaltalari ko‘zdan kechirildi. So‘ngra, xodimlarining xizmat xonalari va faoliyati o‘rganilib, tegishli yo‘riqnomalar berildi.
    Bundan tashqari, xodimlar tomonidan shaxsiy va xizmat avtomobillari hujjatlari tekshirilib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarishlari uqtirildi. Ushbu jarayonda xodimlarning xizmat uylari, oilaviy sharoiti o‘rganilib, ularning oila a’zolari bilan suhbatlar tashkil etildi.
“Intizom oyligi” doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech