18 Iyun 2022 yil
654
“Intizom oyligi”
“Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” davomida Mirishkor tuman IIBda tizimli ravishda ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsiga bo‘lim faxriylar kengashi raisi taklif etilib, xodimlar bilan xizmat intizomiga rioya etish borasida qator manzilli chora tadbirlar amalga oshirildi.
Oylik doirasida bo‘limda xizmat qilayotgan xodimlar va ularning ota-onasi bilan profilatik suhbatlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ayrim xodimlarning uyiga tashrif buyurilib, yashash sharoitlari o‘rganilmoqda. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.