5 Iyun 2024 yil 397

“Intizom oyligi” davom etmoqda

Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan, joriy yil 1 iyundan 30 iyunga qadar ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini mustahkamlashga qaratilgan “Intizom oyligi” o‘tkazilmoqda. 

Bugun ertalab “Intizom oyligi” doirasida Qashqadaryo viloyati IIBda shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash qonuniylikka rioya etish hamda xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini tegishli hujjatlar asosida yo‘l qoidalariga rioya etgan holda  boshqarish, turli favqulodda hodisalarning oldini olish va xodimlar o‘z vaqtida xizmatga kelishlari bo‘yicha yo‘riqnoma berildi.

O‘tkazilgan  “Paxsus reyd” tadbiri davomida avtomashina hujjatlaridagi kamchilik aniqlangani uchun bir nafar xodimga nisbatan  ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech