15 Iyun 2022 yil 559

“Intizom oyligi” davom etmoqda

Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXBda “Intizom oyligi” doirasida shaxsiy tarkibini tarbiyalash, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish boʼyicha va “xodimbay” ishlash boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Dastlab, xizmat oʼtayotgan xodimlar bilan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishlari boʼyicha yakka tartibda suhbat oʼtkazildi. Ish yurituvidagi hujjatlarni koʼzdan kechirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar boʼyicha yoʼriqnoma va tavsiyalar berildi. Shundan soʼng, 

Viloyat IIB JXX YHXB xodimlari boshqaruvidagi avtomashinalarini hujjatlari koʼzdan kechirildi. 

“Intizom oyligi” doirasida tuman IIB JXX YHXB xodimlarining xizmat xonasi, faoliyati, yurituvidagi ariza shikoyatlari va daftarlari oʼrganildi. Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xodimlarga tegishli yoʼriqnoma va tavsiyalar berildi. 

Ushbu jarayonda ichki ishlar organlari xodimlarining oilaviy sharoitlari ham oʼrganilib, oila aʼzolari bilan profilaktik suhbatlar oʼtkazildi. Xodimlarning uyida shart-sharoitlar ham oʼrganildi.

Text to speech