Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xabar yuzasidan munosabat.
Chiroqchi tumani, “Choshtepa” MFYda yashovchi D.M Chiroqchi tuman IIO FMB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib unda, 2021 yil 17 aprelь kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga ishlovchi M.O ni oʼgʼillari M.А va ukasi matbuot butkasiga kirib urib tashlaganligini bildirib ularga nisbatan konuniy chora koʼrishlikni soʼragan.
Bundan tashqari, Qarshi shahar, Gulshan maxallasida yashovchi А.M tuman IIO FMB boshligʼi nomiga ariza bilai murojaat qilib unda, 2021 yil 17 aprelь kuni soat 19-30 larda D.Bni qarshiligini toʼxtatmoqchi boʼlganida uning turmush oʼrtogi boshiga urib tan jarohati yetkazganligi sababli qonuniy chora koʼrishlikni soʼragan.
Shuningdek, Qarshi shahar, Gulshan maxallasida yashovchi P.N tuman IIO FMB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib unda, 2021 yil 17 aprelь kuni soat 12-30 larda chamasida Chiroqchi tumanidagi Osiyo diognostikasi yonida joylashgan matbuot kioskasida D.M uni ogʼizga olib boʼlmaydigan soʼzlar bilan xaqorat qilib sharmanda qilganligi sababli qonuniy chora koʼrishlikni soʼragan.
Mazkur holat Chiroqchi tuman IIO FMB Shakl-2 kitobiga qayd etilgan.
Fuqarolar D.B, D.M va А.M oʼz koʼrsatuvlarida tan jarohati olganliklarini bildirganligi sababli ularga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan boʼlib, ekspertiza xulosalari yakunlanmaganligi sababli toʼplangan xujjatlar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinmagan.Xozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati axborot xizmati.