17 Oktyabr 2021 yil
712
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan "Maktabda qizlar oʼrtasida katta janjal" sarlavhali videotasvir yuzasidan munosabat
Joriy yilning 20 sentyabr kuni 2, 4 va 5-umumiy oʼrta taʼlim maktablari 9, 10, 11-sinfining 3 nafar oʼquvchilari, oldindan kelishmovchiligi boʼlganligi sababli, 1-umumiy oʼrta taʼlim maktabi maʼmuriy binosiga borganligi, shu orada oʼzaro gaplashish vaqtida janjallashib qolishgan
Hozirda mazkur holat yuzasidan 1-umumiy oʼrta taʼlim maktabida ichki ishlar organlari, xalq taʼlim boʼlimi va mahalla fuqarolar yigʼini faollari hamda ota-onalar ishtirokida, janjalni kelib chiqish sabablari oʼrganilib, muhokama qilinmoqda.
Hozirda barcha oʼquvchilarning ota-onalariga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.