15 Oktyabr 2021 yil 512

Reyd davomida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda baliq ovlayotganligi aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Yakkabogʼ tuman nazorat inspektsiyasi inspektorlari hamda IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda atrof muhit musaffoligini taʼminlash maqsadida tunda ekologik nazorat reyd tadbiri oʼtkazildi.
Nazorat tadbiri Yakkabogʼ tuman “Samoq” hamda “Turon” MFY hududidan oqib oʼtgan Qizildaryo daryosi hududida oʼtkazildi.
Reyd davomida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda baliq ovlayotganligi aniqlandi. Inspektorlarni koʼrgan brokonьerlar qochib ketganligi sababli ularga tegishli boʼlgan ov anjomlari va 06 jiguli avtomashina IIB xodimlari tomonidan qonuniy toʼxtamga kelgunga qadar evakuator bilan jarima maydoniga joylashtirildi.

Text to speech