6 Sentyabr 2022 yil 404

Inspektor-psixologlar faoliyati tahlil etildi

Qarshi shahar IIO FMBda viloyat IIB JXX HPB VEMB inspektor-psixologlari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarmaning shahar-tuman IIB JXX HPB VEMB inspektor-psixologlari ishtirok etishdi. Tadbirni boshqarma JXX HPB boshlig‘i podpolkovnik R.Temirov ochib, joriy yilning  o‘tgan davrida inspektor-psixologlar tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirgan ishlarni atroflicha tahlil etlib, xizmat faoliyati davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan inspektor-psixologlar ogohlantirishlar berildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar kelajagimiz vorislari bo‘lgan yoshlarini huquqbuzarlik va jinoyatlardan saqlash, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yuzaga keltirish, har bir ota-ona, mahalla-kuy oldida turgan muhim masala ekanligini ta’kidlashdi. Buning uchun maktablarda, mahalla guzarlarida tashkil etilgan sport va ishlab chiqarish to‘garaklar faoliyatidan unumli faydalanish kerakligi ishtirokchilarga uqtirildi.

Yakunda inspektor-psixologlarga faoliyatlarida foydalanishlari uchun xizmat sumkalari tarqatildi.

Text to speech