18 Dekabr 2020 yil 726

INSONPАRVАRLIK NАMUNАSI

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2020 yildagi “Jazo muddatini oʼtayotgan, qilmishiga chin koʼngildan pushaymon boʼlgan va tuzalish yoʼliga qatʼiy oʼtgan bir guruh shaxslarni avf etish toʼgʼrisida”gi  Farmoniga asosan Viloyat IIBda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan mahkumlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev bugungi kunda ozod va obod yurtda baxtli hayot kechirayotganligimizni, fikrlash, soʼz va eʼtiqod, vijdon erkinligi, huquqlarimiz dahlsizligi taʼminlanganligini eʼtirof etish bilan birga hukumatimiz tomonidan gʼamxoʼrlik koʼrsatilayotgan mahkumlarning jamiyatning sogʼlom muhitiga qaytib, oilasi bagʼrida munosib hayot kechirishi uchun berilagan bu imkoniyatdan unumli foydalanishlari haqida gapirdi.

Jazodan ozod etilganlar yashash manzilida doimiy ish bilan taʼminlangani, ularga ijtimoiy va maishiy muammolari boʼyicha yordam berilishi toʼgʼrisida tushunchalar berildi.

Uchrashuv soʼnggida ozod etilgan mahkumlar mamlakatimizda insonparvarlik va bagʼrikenglik siyosati olib borilayotganligini, buning uchun hukumatimizdan minnatdor ekanliklarini aytib kelgusi hayotini yurt ravnaqi yoʼlida xizmat qilishga bagʼishlashi haqida gapirishdi.

Text to speech