INSONIYLIKKА ZID ODАTLАR
Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasida viloyat IIB T va EQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʼlimi hamda “Istiqbolli avlod” NNT hamkorligida “Chaqaloq savdosining oqibatlarini tushuntirish yuzasidan tugʼruq muassasalarida oʼquv seminarlarini tashkil etish boʼyicha chora-tadbirlar rejasi” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda Shahrisabz shahar, Shahrisabz va Kitob tuman Tibbiyot birlashmalari tugʼruq boʼlimi xodimlari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan yigʼilishda boshqarm Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʼlimi boshligʼi mayor Zohid Mahmudov mamlakatimizda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, eʼtiqod, mehnat va kasbni erkin tanlash xuquqi, taʼlim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar Bosh qomusimiz va qonunlar bilan toʼliq kafolatlangani aytib oʼtdi. Аmmo hanuz odam savdosi va uni majburiy mehnatga jalb etish, chaqaloqlar savdosi kabi mudhish jinoyatlar oz boʼlsa-da, jamiyatda uchrab turganini taʼkidladi. Jumladan, viloyatda chaqaloqlar savdosidek jirkanch ishga qoʼl urgan ayollar borligini, ular jinoyat ustida qoʼlga olinganini misollar asosida aytib oʼtdi.
Yigʼilishda ishtirokchilar kun tartibidagi masala bu kabi jinoyatlarni oldini olish yuzasidan fikr-mulohazalarni oʼrtoqlashdi. Аmaliyotda erishilgan yutuqlar bilan birga amaliyotda uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga oid taklif va tavsiyalar berildi.
Yakunda ishtirokchilarga chaqaloq savdosi bilan bogʼliq jinoiy holatlar va koʼrilgan qonuniy choralar aks etgan videofilьm namoyish etildi.