7 Yanvar 2023 yil 497

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalish”

Qashqadaryo viloyati musiqali va drama teatrida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalish” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari hamda Qarshi va Nishon tumanlari IIBlari va Transportda XTB shaxsiy tarkibi, IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchisi ishtirok etdi. Uni viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ochdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan  IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchisi katta o‘qituvchisi G‘olib Xudoyqulov muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida yakuniga yetayotgan yilni sarhisob etib, kelgusi yilda mamlakatimizni taraqqiy ettirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdilar. Jumladan, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o‘zgarishi kerakligini, «Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat» degan g‘oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga, kundalik hayotimizga singdirishimiz kerakligini alohida ta’kidladilar.

Avvalambor, ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tish, ikkinchi yo‘nalish, Yangi O‘zbekistonni «ijtimoiy davlat» tamoyili asosida qurish, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash kelgusi yilda eng asosiy vazifalardan biriga aylanadi. Jumladan, boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchilarning maktabdan o‘zbek tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishiga, ularda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

To‘rtinchi yo‘nalishga ko‘ra tabiatni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda har bir mahalla aholisining amaliy harakatiga aylanadi. Jumladan, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar yanada kuchaytiriladi.

Beshinchi yo‘nalish, ya’ni erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ham muhim vazifalar belgilab berildi. Jumladan, kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratiladi. Tadbirkorlarga subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar esa toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo‘ladi.

Xullas, kelgusi yilda respublikamizni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishib chiqar ekanmiz, insonga e’tibor va sifatli ta’lim eng ustuvor yo‘nalish ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Prezidentimiz: «Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir», – deya ta’kidlaganlari bejiz emas.

Tadbirda viloyat musiqali va drama teatri jamoasi tomonidan  Gogolning “Telbaning yozmalari” nomli asari asosida paradoks sahnalashtirilgan tetar tomoshasi namoyish etildi.

Text to speech