17 Iyun 2023 yil 746

“Inson, tabiat va tabiiy ofatlar”

 

Qashqadaryo viloyati IIBda “Tinchlikparvar Oʻzbekistonning tashqi siyosati” mavzusida “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” boʻlib oʻtdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, tarkibiy boʻlimlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, Qarshi davlat universiteti oʻqituvchisi ishtirok etdi. Uni boshqarma MMI va KBTX boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Sh.Muslimov ochdi.

Yigʻilishda soʻz olgan Qarshi davlat universiteti Texnologik taʼlim kafedrasi katta oʻqituvchisi Otabek Roʻzimurodov yer yuzida aholi sonining tez surʼatlar bilan oʻsishi oqibatida tabiatdagi antropogen oʻzgarishlar koʻlami kengayib borayotganini taʼkidladi.

Mamlakatimizda ham ayni shu yoʻnalishda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash va ekologik osoyishtalikni taʼminlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Ekologik xavfsizlikni taʼminlashga muhim siyosiy masala sifatida qaralmoqda. Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etilib, Orolboʻyidagi shahar va tumanlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar jadal amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash, ishlab chiqarish sohalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning miqdori kamayishi uchun mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar chiqindilarning fuqarolar hayotiga va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish hamda chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirishga qaratilmoqda.

Yurtimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini yangi darajaga koʻtarish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat ekologiya qoʻmitasining “Ekologik patrul” tizimi joriy etildi. Ekologik patrul guruhlari tomonidan 2023-yilning oʻtgan davri mobaynida 14 mingdan oshiq reydlar oʻtkazilgan va maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan 14 ming nafardan ortiq fuqarolar oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortilgan.

Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda boʻlish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, kelajak avlodga tabiiy boyliklarni bus-butun yetkazish, ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qoʻshish har birimizning oldimizda turgan muhim vazifa hisoblanadi.

Yakunda “Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, oila-turmush doirasidagi munosabatlar” mavzusida boshqarma maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati katta inspektori kapitan Hamza Niyozov maʼruza qildi.

Text to speech