14 Oktyabr 2021 yil 596

Inson qadri uchun

Kasbi tumani Qoraqoʼngʼirot MFYda yashovchi 1956 yilda Tojikiston Respublikasida tugʼilgan Sabirov Abdusamad Karimovich 1993 yilda oila aʼzolari bilan doimiy yashash maqsadida Tojikiston Respublikasidan Oʼzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumaniga koʼchib kelib, nogironligi sababli shu kunga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelayotgan edi. Kasbi tuman IIB M va FRB xodimlari tomonidan Kasbi tumani Qoraqoʼngʼirot MFYda olib borilgan targʼibot va tushuntirishlar natijasida ushbu shaxs ham shaxsini tasdiqlovchi hujjat yaʼni "Fuqaroligi yuq shaxs" uchun Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi olish masalasida murojaat qildi. Ushbu murojaat Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.09.2020 yil kunidagi 593-sonli qarori talablari asosida tez fursatlarda koʼrip chiqilib, unga Fuqaroligi yoʼq shaxs ID-kartasi uning yashash xonadoniga borib topshirildi.

Text to speech