10 Fevral 2022 yil 450

Inson manfaatlari uchun

Tojikiston fuqarosi Rahmanova Jamilya Ramazanovna doimiy yashash maqsadida, О‘zbekiston Respublikasiga kuchib kelib, vaqtinchalik pasport rо‘yxatidan о‘tgan holda Qarshi shahrida yashab kelib, О‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqini beruvchi xujjat olish uning orzusi edi. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat О‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga balki, shu yurtda vaqtincha va doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bо‘lmagan shaxslarga ham keng imkoniyatlar yaratilgan. 

Shu о‘rinda Qarshi shahrida “uyma-uy” yurib fuqarolarni muammolarini о‘rganish davomida, Tojikiston fuqarosi J.R.Rahmanovani ham ushbu muammosi soha xizmat xodimlari tomonidan atroflicha о‘rganib chiqilib, unga О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.09.2020 yildagi “О‘zbekiston Respublikasida Chet el fuqarolari va fuqaroligi bо‘lmagan shaxslarni rо‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 593-sonli Qaroriga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga qolishga hamda yashash guvohnomasi bilan xujjatlashtirish bо‘yicha tegishli xujjatlar rasmiylashtirishga amaliy va huquqiy yordam kо‘rsatildi hamda О‘zbekiston Respublikasi IIVning 04.02.2022 yildagi xulosasiga kо‘ra, Qarshi shahar IIO FMB Migarsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bо‘limi tomonidan uning nomiga 2022 yilni 10-fevral kuni “Xorijiy fuqaro uchun” О‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirilib, uning murojaati ijobiy qanoatlantirildi.

Text to speech