5 Sentyabr 2024 yil 321

Qishloq xo‘jaligida energiya tejamkorligini joriy qilish yuzasidan seminar tashkil etildi

Qamashi tumani G‘ishtli mahallasi hududidagi "Islomobod" fermer xo‘jaligida energiya tejamkor nasoslardan foydalanish, Quyosh panellarini keng joriy qilish masalasida semenar o‘tkazildi.

Unda viloyat IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, tuman sektor rahbarlari, fermerlar va qishloq xo‘jaligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Qamashi tumanida g‘alla, paxta va takroriy ekinlar ekiladigan maydaonlarning 35 foizi fermer xo‘jaliklari hisobidagi nasos agregatlari orqali sug‘oriladi. Buning uchun yiliga 19-20 mln.kVt/soat elektr energiya iste’mol qilinadi.

250 ta fermer xo‘jaliklari 1975-1980 yillarda ishlab chiqarilgan nasos agregatlaridan foydalanadi. Natijada ularning elektr energiyasi iste’moli yuqori bo‘lib qolmoqda. Ushbu holatlar inobatga olingan holda tumandagi "Islomobod", "Yigitali" va "Shukrullo bobo nevarasi Shamshodbek" fermer xo‘jaliklarida tajriba tariqasida yangi nasos agregatlaridan foydalanish holati kuzatildi.

Yangi va zamonaviy nasoslar o‘rnatilishi orqali elektr sarfi 4 barobargacha kamaydi.

Seminar davomida fermerlarga yangi nasos agregatlarining ishlashi va imkoniyatlari to‘liq ko‘rsatildi va energiya tejamkor nasoslardan foydalanish, Quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Text to speech