Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi
Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabda “Ilmli ayol –jamiyat kuzgusi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda tuman IIB, ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchi qizlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida xotin-qizlarga
berilayotgan imkoniyatlar, ilmli qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, kitob
o‘qish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, yoshlarning bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkil etishga qaratilgan besh muhim tashabbusning to‘rtinchi
yo‘nalishi kitobxonlik haqida so‘z bordi.
Tadbirda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, kiberjinoyatlardan jabrlanish holatlarining oldini olish, doksingni maqsadi qasos olish, ta’qib qilish, qo‘rqitish, sharmanda qilish, pul talab qilish, tanqid qilish ekanligi va noma’lum foydalanuvchi niqobidagi xaker sodir etishi tushuntirildi.