24 Fevral 2024 yil 443

Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman IIB, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va Turon fanlar akademiyasi vakillari  ishtirokida 2-maktabda “Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Shahrisabz tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, podpolkovnik M.Kenjayeva “ O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirilayotganligi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish, yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o‘rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushurilib, bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o‘quv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etilishini, shuningdek, mahallada oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Yakunda ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, Turon fanlar akademiyasi akademigi, yozuvchi, shoira  Umida Xushvaqtovaning “Malikalar kitobi” asarining taqdimoti o‘tkazilib, adibaning hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Text to speech