6 May 2023 yil 290

Ilmiy-amaliy anjuman

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli qaroriga asosan, “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasining yutuqlari va istiqbollari” mavzusidagi “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” shiori ostida II-Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar xodimlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari, viloyat hokimligi Xotin-qizlar boshqarmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi,  Qarshi davlat universiteti hamda boshqarma Faxriylar kengashi a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari videoselektor orqali ishtirok etishdi.

Tadbirda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov so‘zga chiqib, ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan islohotlarga hamohang tarzda tizimda ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash va bu borada erishilgan yutuqlar bilan birga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar dasturi doirasida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanda ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyatini oshirish, ichki ishlar organlarini professional xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolarning ishonchli himoyachisi sifatida shakllantirish maqsadida “Vatanparvarlik oyligi”, “Intizom oyligi”, “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”  o‘tkazilib, xodimlarning kasbiy, jangovar, jismoniy, intellektual va fuqarolar bilan muomala madaniyati ancha takomillashganini ta’kidladi.

Ayni kezlarda amalga oshirilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining kitobxonlik borasidagi salohiyatini oshirish maqsadida viloyat Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, nufuzli gazeta va jurnallar tahririyati bilan adabiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun memorandiumlar imzolash, intellektual  tanlovlar, kitob taqdimotlari va yarmarkalari, “Yosh kitobxon”, “Zukko kitobxon”, Kodeks bilimdoni, “Zakovat”, “Namunali oila” kabi ma’naviy tadbirlar, turli ko‘pkurash sport musobaqalari, xotira turnirlari, faxriylar bilan yoshlar uchrashuvlari, kino hamda teatr, tarixiy obidalar va ma’naviyat maskanlariga sayohatlar sport musobaqalari, adabiy uchrashuvlar, faxriylar bilan yoshlar uchrashuvlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Anjumanda so‘z olgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va Yozuvchilar uyushmasi mas’ul xodimlari kelgusida ichki ishlar vazirligi bilan istiqbolli hamkorlikni kengaytirish va soha xodimlarini professoinal, xalqchil tuzilmaga aylantirishga doimo shayligini bildirishdi.

Anjuman ishtirokchilarning ma’naviy-ma’rifiy boradagi bilimlarini yanada boyitdi.

Text to speech