15 Aprel 2022 yil 555

Illatning ildiziga bolta uraylik


Jamiyatning eng jirkanch illatlaridan biri bu fohishabozlikdir. Na sarhad, na millat tanlamaydigan illat oʼz domiga koʼproq ayollarni tortishi bilan barchani jiddiy tashvishga solmoqda. Аyollardan majburiy fohishalik va boshqa shahvoniy maqsadlarda foydalanishdek jirkanch koʼrinishlari bilan namoyon boʼlayotgan bu turdagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarga qarshi nafaqat huquq-tartibot organlari balki barcha birdek kurashishi lozim. Jumladan, Qarshi shahar 3-mittitumanda yashovchi Sh.А. 2022 yil 08 aprel kuni soat 17:00larda oʼziga tegishli Qarshi shahar “Qarshi” MFYdagi uyida Qarshi shahar “Neftchi” MFYda yashovchi K.X. va Shahrisabz tumanida yashovchi Gʼ.D.ning jinsiy aloqa qilishlari uchun 137.000 soʼm evaziga sharoit yaratib bergani Qarshi shahar IIO FMB boshqarma PPX bataloni xodimlari tomonidan aniqlandi.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech