“Yashil iqtisodiyot” - xususiyatlari va rivojlanish omillari”
Qashqadaryo viloyati IIBda “Yashil iqtisodiyot”
- xususiyatlari va rivojlanish omillari” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat
darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va
sohaviy xizmatlar xodimlari, ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘i
o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ochdi.
Tadbirda
so‘z olgan Qarshi davlat universiteti iqtisod kafedrasi professori G‘aybulla
Qo‘chqorov insoniyat hayoti ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolar
bilan uzviy bog‘liqligini, hozirgi kunda, ayniqsa, sanoatning rivojlanishi,
tabiiy resurslardan shafqatsizlarcha foydalanish, oziq-ovqat yetishtiriladigan
qishloq xo‘jaligi maydonlarining keskin qisqarishi, cho‘llanish va suv
yetishmovchiligi xalqaro tashkilotlar va davlatlar rahbarlarining, qolaversa,
butun dunyo jamoatchiligi diqqat markazida turganini ta’kidladi.
2015 yilda O‘zbekiston hukumati 2030-yilgacha
bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida global kun tartibini amalga
oshirish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilib, ularni muvaffaqiyatli amalga
oshirmoqda.
Yangi O‘zbekiston sharoitida Prezident Shavkat
Mirziyoyevning sa’y-harakatlari va rahbarligida BMTning Barqaror rivojlanish
maqsadlarini amalga oshirish faollashdi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar
bilan yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.
Masalan, yashil energetikaga o‘tish
strategiyasi bo‘yicha 2023-yil oxirida mamlakatimizning qator viloyatlarida
Saudiya Arabistoni va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda quyosh panellari
stansiyalarining ishga tushirilganligi buning yorqin isbotidir.
O‘ylaymizki, bu muvaffaqiyatlar poydevori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi «2030-yilgacha
O‘zbekiston Respublikasining «yashil iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan
islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
qaroridir. Ushbu qaror ijrosini ta’milash bo‘yicha 2030-yilgacha O‘zbekiston
Respublikasida «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va «yashil» o‘sish dasturi maqsad
va vazifalarining amalga oshir ilishi, uning maqsadli ko‘rsatkichl ari,
shuningdek, «Sanoat tarmoqlarida «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va energiya
tejamkorligini ta’minlash konsepsiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekiston
Respublikasida «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va «yashil» o‘sishni ta’minlash
bo‘yicha harakatlar rejasi kabi maqsadli muhim hujjatlar ijrosi
mamlakatimizning yaqin istiqbolda «yashil iqtisodiyot» ta’minlangan mamlakatga
aylantiradi va uning bu sohada Markaziy Osiyoda yetakchilik qilishiga ishonchimiz
komil.
Yakunda xizmatda ijobiy natijalarni qo‘lga
kiritib kelayotgan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar va
qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.