4 Yanvar 2025 yil 604

Yashil boyliklar – salomatligimiz va farovon hayotimiz manbayi

Qashqadaryo viloyati IIBda  “ Yashil boyliklar – salomatligimiz va farovon hayotimiz manbayi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, Qarshi Muhandislik iqtisodiyot instituti o‘qituvchisi ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov ochdi.

Tadbirda Qarshi Muhandislik iqtisodiyot instituti katta o‘qituvchisi Tursunboy Yaqubov mavzu doirasida ma’ruza qildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat darsi” da “Faxriylar o‘giti” rukni asosida boshqarma “Faxriylar kengashi” raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov iste’fodagi polkovnik Niyozmurod Ro‘zimurodovning hayoti va xizmat faoliyatiga bag‘ishlangan kitob mazmun-mohiyati haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi.   

Yakunda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi respublika va viloyat miqyosida xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, shaxsiy tarkib bilan bog‘liq sodir bo‘lgan salbiy va favqulodda holatlar va ularni oldini olish borasidagi ishtirokchilarga tegishli tushuncha va tavsiyalar berdi.

Text to speech