Ikki asrga sirdosh onaxon
Qarshi shahar, “Xaramjo‘y” mahallasida chog‘roqqina bir xonadon bor. Bu uyda 102 yoshni qarshi olgan onaxon Karamat Choriyeva istiqomat qiladi. Yaqinda Karamat momo Umra safariga borish uchun Xorijga chiqish biometrik pasportini olish maqsadida Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat etdi. Murojaatga asosan bo‘lim xodimlari ko‘chma mobil qurilma bilan ikki asrni ko‘rgan onaxonning xonadoniga borib, biometrik ma’lumotlarini olishdi. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni boshqarma M va FRB xodimlari Karamat momoning xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan qutlab, Xorijga chiqish biometrik pasportini topshirishdi. Men uchun bugun qo‘shaloq bayram. Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan inson qadri tamoyili asosida fuqarolarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va qulayliklardan juda mamnunman, — deydi onaxon duoga qo‘l ochib. Ichki ishlar organlari xodimlariga ham alohida rahmat.