27 Aprel 2021 yil 953

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Daryo.oʼz” internet nashri muxbiri O.Qoʼldoshev va Qarshi shahar IIO FMB boshligʼining oʼrinbosari А.Shoymardanov oʼrtasida boʼlib oʼtgan holat oʼrganib chiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Daryo.oʼz” internet nashri muxbiri O.Qoʼldoshev va Qarshi shahar IIO FMB boshligʼining oʼrinbosari А.Shoymardanov oʼrtasida boʼlib oʼtgan holat oʼrganib chiqildi.

Oʼrganishlarga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi 3413-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining “Intizom ustavi” va IIVning 2016 yil 30 iyunь kunidagi 82-sonli buyrugʼi bilan qabul qilingan “Ichki ishlar organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari”ning tegishli bandlari hamda IIO faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy buyruqlar talablarini qoʼpol ravishda buzib, fuqarolarda IIOlariga nisbatan salbiy fikrlar uygʼonishiga sababchi boʼlgani uchun Qarshi shahar IIO FMB boshligʼining oʼrinbosari А.Shaymardanovga nisbatan “Qattiq hayfsan” intizomiy jazosi qoʼllandi.

Shuningdek, shu kuni obʼekt boshligʼi sifatida xizmat olib borgan А.Shaymardonovning topshirigʼiga asosan O.Qoʼldoshevni 1-sonli IIBga olib borgan profilaktika inspektori va PPX batalьoni boʼlinma komandiri IIVning amaldagi meʼyoriy buyruqlari talablari asosida harakat qilganligi maʼlum qilinadi.

Xizmat tekshiruvi xulosasi nusxasi va toʼplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Qarshi shahar prokuraturasiga yuborilgan.
Holat yuzasidan qiziqtirgan savollar yoki asoslantirilgan dalillaringiz boʼlsa, prokuratura organlariga murojaat qilishingiz maʼlum qilinadi.

Text to speech