26 Avgust 2021 yil 632

Ijtimoiy tarmoq orqali firibgarlik

 

2021 yil 24 avgust kuni Kitob tuman IIBga tushgan xabarga koʼra, Kitob tumani “Sharq yulduzi” MFYda yashovchi M.M. oʼzganing mulkini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida “Telegram” ijtimoiy tarmogʼida haydovchilar uchun maxsus kanal ochib, ushbu kanalga viloyatlararo qatnovchi haydovchilarni aʼzo qiladi. Ular orasida Namangan viloyati, Uchkoʼprik tumanida yashovchi B.Sh. bilan tanishib, uning turli viloyatlarga yuk tashish bilan shugʼullanishidan foydalanishni koʼzlaydi. Unga Kitob tumanidagi melʼ ishlab chiqarish korxonasidan mel' mahsulotlarini olib, Namangan viloyatiga olib borib, sotib puli va yoʼl haqini berishini aytadi.
Xullas, M.M.haydovchi B.Sh.ning ishonchini qozonib, 18 million 400 ming soʼm pulini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, oʼzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan 24.08.2021 yilda Kitob tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech