IIV huzuridagi JIED Toʼrtinchi mintaqaviy hudud 2-son jazoni ijro etish koloniyasida xizmat olib borayotgan shaxodatlangan xodimlar hamda yollanma ishchi xizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida koloniyada «Kitoblar yarmarkasi» tashkil etildi
Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʼst va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning oʼrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʼshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois IIV huzuridagi JIED Toʼrtinchi mintaqaviy hudud 2-son jazoni ijro etish koloniyasida xizmat olib borayotgan shaxodatlangan xodimlar hamda yollanma ishchi xizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida koloniyada «Kitoblar yarmarkasi» tashkil etildi.
Kitob yarmarkasida xodimlar nafaqat oʼzlari uchun, balki farzandlari uchun ham qiziqarli boʼlgan kitoblar sotib oldilar.
Shuningdek, adabiyotga eʼtibor — maʼnaviyatga eʼtibor demakdir. Yuksak maʼnaviyat yoʼlidagi bu kabi tadbirlar qamrovi yanada kengaytiriladi.
Koloniya boshligʼining MMIB oʼrinbosari mayor Z.Z.Obilov