7 Aprel 2023 yil 213

IIV Qashqadaryo akademik litseyida kiberjinoyatlar va ularning turlari mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Qashqadaryo viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi, litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda boshqarma TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi podpolkovnik Iroda Rasulova bank plastik kartalaridan mablag‘lar o‘g‘irlanishi va bunga shart-sharoit yaratuvchi omillar, kiberjinoyatlarni yuzaga kelish sabablari xususida ma’ruza qildi.

Yig‘ilishda  bank kartalaridan mablag‘lar olti xil usul – telefon qo‘ng‘iroqlari, telegramm ijtimoiy tarmog‘lardagi savdo kanallari, OLX platformasi, moddiy yordam, onlayn kredit, soxta onlayn birja va treyding faoliyati hamda jabrlanuvchiga noma’lum sharoitlarda sodir etilayotgani aytib o‘tildi.

Muloqot davomida ijtimoiy tarmoqlar internet do‘konlardan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmaslik oqibatida firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolish hech gap emasligi, plastik karta pinkodi va parolini shuningdek sms xabarlar orqali yuboriladigan maxfiy kodlarni begona shaxslarga bermaslik lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.

Fuqarolar bu kabi jinoyatlar qurboni bo‘lib qolmasliklari uchun Cyber-102 kanaliga obuna bo‘lib, kiberjinoyatlar xaqida ma’lumot olishi tushuntirildi.

Yakunda ishtirokchilari qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar berildi.

Text to speech